Loyihalar / Birlik So‘x turizm va dam olish maskani

Birlik So‘x turizm va dam olish maskani

So‘x eksklavida uch madaniyatni birlashtiruvchi turistik markaz loyihasi. Milliy naqshlar, daryo bo‘yi dam olish zonalari va barqaror me’morchilik yechimlari.
ISH TURI
Master Plan
TUGATISH YILI
2026
LOYIHA MANZILI
Farg'ona, Uzbekistan
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 1
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 2
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 3
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 4
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 5
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 6
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 7
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 8
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 9
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 10
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 11
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 12
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 13
Birlik So‘x turizm va dam olish maskani — 14
TUSHUNTIRISH
So‘x tumani, Farg‘ona viloyati. Hudud eksklav sifatida noodatiy geografik joylashuvga ega bo‘lib, strategik chegaraviy ahamiyat kasb etadi.
Loyiha maydoni 130 gektarni tashkil etadi va So‘x daryosi bo‘yida, tog‘li landshaft bilan uyg‘un hududda joylashgan. Tabiiy muhit, suv resurslari va relef turizmni rivojlantirish uchun asosiy omil sifatida qaraladi.
Hudud boy tarixiy merosga ega. Bu yerda bronza davriga oid ilon shaklidagi bilaguzuk-amule t topilgan. Shuningdek, Bobur yashab o‘tgan makon sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Xudoyorxon qal’asi va Selengur g‘ori kabi obyektlar hududning madaniy qatlamini shakllantiradi.
Birlik — loyiha konsepsiyasi bo‘lib, hududda yashovchi uch millat — o‘zbek, qirg‘iz va tojik xalqlarining mavjudligi asos sifatida olingan. Ushbu yondashuv hududni faqat turistik yo‘nalish sifatida emas, balki madaniyatlar kesishgan nuqta sifatida rivojlantirishni nazarda tutadi.
Loyihaning asosiy maqsadi — turizm salohiyatini ochish orqali hudud iqtisodiyotini faollashtirish va aholi turmush sifatini yaxshilash. Natijada So‘x daryosi bo‘yi yil davomida faoliyat yuritadigan, tabiiy va tarixiy resurslarga tayangan zamonaviy rekreatsion hududga aylanishi ko‘zda tutiladi.

Boshqa loyihalar

Baraka Green Park — Gulistondagi yangi turar-joy majmuasi. 14 ta bino, 794 ta apartament, tijorat maydonlari...
Taxtako'pir tumanidagi Qarateren majmuasi uchun master-reja. Loyiha barqaror rivojlanish va boy Qoraqalpog'iston merosini birlashtiradi....
Master-reja Qoraqalpogʻistonning Kungrad tumanini turizm markaziga aylantirishga qaratilgan. Ustyurt platosi boʻylab turizmni rivojlantirishga eʼtibor berilgan....
KELING GAPLASHAYLIK

Aloqada boʻling

Biz hamkorlik imkoniyatlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz Iltimos, taklifnomalar, biznes takliflari yoki umumiy so’rovlarni yuboring.
Bloom Architecture Studio sizni kutib oladi! Biz deyarli barcha sohalardagi loyihalarni loyihalash va qo’llab-quvvatlaymiz.
© 2026 Bloom Arch, Barcha huquqlar himoyalangan