Urganchdan
Xiva tomon 4 kilometr uzoqlikda, qadimiy shaharning kichik va zamonaviy nusxasi boʻlgan
“Arda Xiva” yangi sayyohlik majmuasi joylashgan. “Arda Xiva” nomi, uning oʻziga xos joylashuvini aks ettiruvchi
“port-shahar” ma’nosini anglatadi. Tarixiy manbalarga koʻra, bir vaqtlar bu yerdan Amudaryoning bir tarmogʻi oʻtgan va u Kaspiy dengiziga quyilgan boʻlishi mumkin. Bugungi kunda esa bu yerda 150 gektar maydonni egallagan yirik koʻl mavjud. Mahalliy tarixchilarning aytishicha, Govik koʻli qadimiy hunarmandlar maskani boʻlgan va aynan shu yerdan
Ichan Qal’a yodgorliklarini qurish uchun loy olingan. Buyuk Ipak yoʻliga hurmat belgisi sifatida majmuada oʻziga xos suv havzasi va yirik savdo maydonchalari yaratilgan.